date
views 476

Putin Rossiya mudofaa vazirini o‘zgartirmoqda

Putin Rossiya mudofaa vazirini o‘zgartirmoqda
Foto: “TASS”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya mudofaa vaziri lavozimiga Andrey Belousov nomzodini ilgari surdi. Amaldagi mudofaa vaziri Sergey Shoygu yangi lavozimga o‘tdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

Sergey Shoygu Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi. Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Rossiya prezidenti Andrey Belousovni mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif qilgan.

Federatsiya Kengashi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qator federal vazirlik va idoralar rahbarlari lavozimlariga taklif qilingan nomzodlarni qabul qildi. Maslahatlashuvlar uchun quyidagilar taklif qilindi: mudofaa vaziri lavozimiga — Andrey Removich Belousov”, — deyiladi xabarda.

Foto: Andrey Removich Belousov / “RIA Novosti”
Andrey Belousov 1959 yil 17 martda tug‘ilgan, 1981 yilda Moskva davlat universitetining iqtisod fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Belousov so‘nggi 12 yil davomida iqtisodiyot vaziri, prezident yordamchisi va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Rossiya prezidenti Narishkinni Tashqi razvedka xizmati direktori, Bortnikovni Federal xavfsizlik xizmati boshlig‘i, Zolotovni Rossiya gvardiyasi boshlig‘i, Kochnevni esa Federal xavfsizlik xizmati direktori etib qayta tayinlashni ilgari surgan.

Putin Lavrov, Kolokolsev, Kurenkov va Chuychenkoni mos ravishda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Adliya vazirligi rahbarlari etib qayta tayinlashni taklif qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rossiya mudofaa vazirini o‘zgartirmoqda