
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘qotar qurollar ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurib, u yerda namunalarni ko‘zdan kechirdi va yangi snayper miltig‘iga alohida qiziqish bildirdi. Bu haqda Markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.

Foto: KCNA
Ma’lum qilinishicha, Kim Chen In yangi o‘q otish qurollarini, jumladan, snayper miltig‘ini ko‘zdan kechirgan va ularning xususiyatlari bilan shaxsan tanishgan.
"U yangi snayper miltig‘iga qiziqish bildirdi, KXDR olim va texnik xodimlarini jahon darajasidagi eng yaxshi xususiyatlarga hamda yuqori kuchga ega bo‘lgan snayper miltig‘ini yaratgani uchun yuqori baholadi", — deb yozadi KCNA.

Foto: KCNA
KCNA fotosuratlarida Kim Chen In miltiqni sinovdan o‘tkazayotgani, nishonga olgani, uni har tomondan ko‘zdan kechirayotgani va o‘q uzayotgani aks etgan.

Foto: KCNA

Foto: KCNA

Foto: KCNA
Shimoliy Koreya yetakchisi korxonaga tashrifi chog‘ida partiyaning o‘q otish qurollarini tubdan yangilash va ularni ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish niyatini tushuntirgan, modernizatsiya qilingan yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarini ko‘zdan kechirgan.

Foto: KCNA

Foto: KCNA

Foto: KCNA
Kim Chen InShimoliy KoreyaO'qotar QurollarSnayper Miltig'iModernizatsiyaPartiyaning Tashrifi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing