date
views 239

Kim Chen In maxfiy yadro shaharchasini qurmoqda

Kim Chen In maxfiy yadro shaharchasini qurmoqda
Foto: Bild
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yadroviy qurolga sarmoya kiritib, o‘zining elita olimlari uchun alohida shahar qurishga qaror qildi, deya Bild xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Kim Chen In yadroviy dasturga yuzlab million dollar sarflash orqali o‘zining harbiy rahbariyatini tayyorlamoqda. U olimlar va harbiylar uchun o‘z shahrini qurishga qaror qilgan.

Maxfiy yadro shaharchasining haqiqiy fotosuratlari yo‘q. Majmua poytaxt Pxenyan shimolida Chongren-san tog‘ida joylashgan.

Shimoliy Koreyaning yangi elitasi uchun uylardan tashqari sport maydonchalari, suzish havzalari va madaniyat zallari qurilmoqda. Biroq, OAVda ta’kidlanganidek, atom shaharchasi ko‘proq “oltin qamoqxona”ga o‘xshaydi.

Uning aholisi hududni faqat hukumat ruxsati bilan tark etishi mumkin. Jurnalistlarning fikricha, bunday qattiq cheklovlar xodimlarning xiyonatidan qo‘rqib, joriy qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In maxfiy yadro shaharchasini qurmoqda