date
views 286

Jahon bankining sobiq rahbari: AQSH o‘ziga qaram bo‘lganlarga pand bermoqda

Jahon bankining sobiq rahbari: AQSH o‘ziga qaram bo‘lganlarga pand bermoqda
© Sputnik / Igor Mixalev
AQSH va uning ittifoqchilari o‘zlariga qaram bo‘lgan davlatlarga pand bermoqda, Qo‘shma Shtatlarning zaifligi Afrika davlatlarining Xitoy va Rossiyaga moyil bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu haqda RIA Novosti Jahon bankining sobiq rahbari Devid Malpassga tayanib xabar berdi.

"AQSHning butun dunyo bo‘ylab zaifligi Afrikaning Sahroi Kabirni islom fundamentalistlari, Xitoy va Rossiyaga taslim bo‘lishiga olib keladi", — dedi u ijtimoiy tarmog‘idagi postida.

Malpassga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy iqtisodiyot, geosiyosat va global institutlar uchun "halokatli vaqt" bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, global institutlar va ulardagi AQSHning roli, jumladan, mojarolar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.

"Qo‘shma Shtatlar va ittifoqchilarimiz bizga qaram bo‘lganlarning ko‘piga pand bermoqda", dedi u Nigerni misol qilib keltirgan holda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahon bankining sobiq rahbari: AQSH o‘ziga qaram bo‘lganlarga pand bermoqda