
Foto: MK
Britaniyalik qo‘shiqchi va bastakor Pol Makkartni funtli milliarderlar qatoriga qo‘shildi, deya xabar berdi The Times.
Pol Makkartni — 1,1 mlrd funt sterling ($1,27 mlrd atrofida) daromad qilgan ilk musiqa namoyandasi.
Afsonaviy The Beatles rok-guruhi asoschilaridan bo‘lmish Makkartni rafiqasi Nensi bilan birgalikda Buyuk Britaniyaning eng boy kishilari ro‘yxatida 165-o‘rinni egalladi. 2023 yilda uning boyligi £950 mln ekani aytilgandi.
Bir yil ichida san’atkor taxminan £50 mln ishladi. O‘tgan yili u xalqaro gastrolga (Got Back) chiqqan hamda yangi qo‘shig‘i taqdimotini o‘tkazgandi.
Shuningdek, 2023 yilning noyabrida The Beatles guruhining so‘nggi «Now and Then» relizi Jon Lennon vokali bilan taqdim etilgan va u darhol britan musiqa chartlari yetakchisiga aylagandi. Albomni yozishda Pol Makkartni ham qatnashgan. 18 iyun kuni u 82 yoshini qarshi oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar