
Peterburgdagi ko‘priklardan birini O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov sharafiga nomlash so‘ralmoqda. Bu haqida Federal axborot agentligi'ga asoslanib "Kun" nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, "Milliy qo‘mita+60" ijtimoiy tashkiloti Sankt-Peterburg hukumatiga ana shunday tashabbus bilan murojaat qilgan.
Gap "Shon-shuhrat xiyoboni"dagi Dudergof kanalidan o‘tgan nomsiz piyoda ko‘prigi haqida bormoqda.
"Barchaga ma’lumki, o‘zbek jangchilari ruslar bilan elkama-elka turib, Qahramon Shaharni yovlardan himoya qilishgan, keksalarimiz esa evakuasiya natijasida O‘zbekistonda kechgan kunlarini iliq xotiralar bilan yodga olishadi", - deya ta’kidlashdi tashkilot vakillari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar