date
views 143

Blue Origin koinotga sayyohlarni jo‘natishni qayta boshladi

Blue Origin koinotga sayyohlarni jo‘natishni qayta boshladi
Foto: Isaiah J. Downing/Reuters
Amerikalik milliarder Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasi qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng 19 may, yakshanba kuni olti nafar sayyohni koinotga jo‘natdi.

New Shepard raketasi va kapsulasi G‘arbiy Texasdan uchirilgani xabar qilingan. Kemada oltita mijoz bor: venchur kapitalist Meyson Enjel, fransuz ishlab chiqaruvchisi Silven Shiron, dasturiy ta’minot muhandisi va tadbirkor Kennet L. Xess, iste’fodagi hisobchi Kerol Shaller, aviator Gopi Totakura va AQSH harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi kapitani Ed Duayt. Duayt 1961 yilda prezident Jon Kennedi tomonidan mamlakatning birinchi qora tanli astronavtiga nomzod sifatida tanlangan. 90 yoshli Duayt koinotga sayohat qilgan eng keksa odamga aylandi.

Parvoz davomida kema soatiga 3200 kilometrdan ortiq tezlikka erishdi va Yerdan taxminan 100 kilometr balandlikka ko‘tarildi. Shunday qilib, kosmik sayohatchilar sayyoraga orbitadan qarash va vaznsizlikni boshdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Umuman olganda, parvoz 10 daqiqadan ozroq davom etdi va odatdagidek kechdi.

Jeff Bezosning 2021 yilda koinotga parvozi

2021 yil iyul oyida milliarder Jeff Bezos shaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uchdi. O‘shanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoshli uchuvchi Uolli Fank va 18 yoshli niderlandiyalik Oliver Demen bo‘lgan. Demen koinotga sayohat qilgan tarixdagi eng yosh odam bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Blue Origin koinotga sayyohlarni jo‘natishni qayta boshladi