13:53 / 22.05.2024
171

Dunyodagi eng keksa yalqov 54 yoshga to‘ldi (video)

Dunyodagi eng keksa yalqov 54 yoshga to‘ldi (video)
Foto: “Pravila jizni”
Germaniyaning Krefeld nomli hayvonot bog‘ida yashovchi ikki barmoqli yalqov hayvoni o‘z turiga mansub tarixdagi eng keksa sutemizuvchiga aylandi. Yan ismli hayvon 54 yoshga yetdi va Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.

Yalqovlar tabiatan sekin harakat qiladigan hayvonlar bo‘lsa-da, Yan haqida bunday deya olmaymiz. U qarib qolganiga qaramay, faol harakatlanadi va hayvonot bog‘ida umuman zerikmaydi. Masalan, Yan kuni kecha 22 marta ota bo‘ldi.

Cholepus turkumiga mansub mazkur dangasa jonivor Janubiy Amerikaning yovvoyi tabiatida tug‘ilgan. U 1970 yilda taxminan olti oylik paytida topib olingan va tez orada hayvonot bog‘iga olib kelingan. Zoopark ishchi xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, yalqovning sog‘lig‘i a’lo darajada. Boshqa hayvonlar kabi Yan ham asosiy vaqtini daraxtlarda o‘tkazadi, chunki o‘ta sekin harakat qiluvchi yalqovlarning metabolizmi ham shunday sekin ishlaydi va ularga ovqat hazm qilish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Ular bir martalik yegulikni ba’zida bir necha kun yoki bir hafta davomida hazm qilib yuradi.

Foto: “Pravila jizni”
Avvalroq sayyoramizdagi eng keksa dangasa sifatida Germaniyaning Halle Zoe hayvonot bog‘idagi ikki barmoqli yalqov Paula qayd etilgan. U 51 yil umr ko‘rdi. Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (World Wildlife Fund) ma’lumotlariga ko‘ra, ikki barmoqli yalqovlar odatda o‘rtacha 20 yil yashaydi. Hayvonot bog‘ida maxsus parvarish qilinadigan yalqovlarning umri uzoqroq — 40 yoshgacha yetib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng keksa yalqov 54 yoshga to‘ldi (video)