12:02 / 24.05.2024
287

Chexiya prezidenti mototsiklda avariyaga uchradi

Chexiya prezidenti mototsiklda avariyaga uchradi
Arxiv foto: xsd.cz
Chexiya prezidenti Petr Pavel mototsiklda avariyaga uchradi va kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 62 yoshli prezidentning jarohatlari “jiddiy emas”. Pavel tibbiyot muassasasida necha kun bo‘lishi noma’lum. Hodisa 23 may kuni yopiq poygadagi trassada sodir bo‘lgan. Bunga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan, ammo politsiya tergov o‘tkazish niyatida emas. Ommaviy axborot vositalari Chexiya prezidenti odatda BMW R1200GS rusumli nemis mototsiklida yurishini yozmoqda.

Uning jarohatlari jiddiy emas, lekin bu Praga harbiy universiteti gospitalida qisqa muddat kuzatuv ostida qolishni talab etadi”, — degan Chexiya prezidenti idorasi.

30 may kuni Chexiya prezidenti Pragada NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashishi kerak edi. Uning xorijga safari amalga oshishi hali aniq emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiya prezidenti mototsiklda avariyaga uchradi