22:30 / 25.05.2024
111

Papua-Yangi Gvineyada ko‘chki oqibatida 300 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi

Papua-Yangi Gvineyada ko‘chki oqibatida 300 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi
Foto: Andrew Ruing/Reuters
Papua-Yangi Gvineya shimolida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 300 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi.

Ko‘chki 24 may kuni tongda poytaxt Port-Morsbidan 600 kilometr uzoqlikdagi Enga provinsiyasida joylashgan Kaokalam qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ko‘chki 1182 ta uyni vayron qilgani aytilmoqda.

Ko‘chkidan kamida oltita qishloq jabr ko‘rdi, deb yozdi Reuters Avstraliya tashqi ishlar va savdo departamentiga tayanib.

«Port-Morsbidagi Avstraliya Oliy komissiyasi zarar va qurbonlar darajasini qo‘shimcha baholash uchun Papua-Yangi Gvineya hukumati bilan yaqin aloqada», deyiladi vazirlik xabarida.

Avstraliya radioeshittirish korporatsiyasining 25 may kuni xabar berishicha, qutqaruvchilar yer ostidan to‘rtta jasadni olib chiqqan. Ko‘chki avtomagistralga chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ygan, shu sababli zarar ko‘rgan hududga faqat vertolyotda yetib borish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Papua-Yangi Gvineyada ko‘chki oqibatida 300 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi
ePN