Foto: Reuters
Ukraina NATOga a’zo bo‘lish yo‘lida oldinga siljimaydi, chunki alyans Rossiya bilan urushga kirishish ehtimolidan xavotirda. Bu haqda manbalarga tayanib, The Telegraph xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ukrainaning ittifoqchilari prezident Vladimir Zelenskiydan “imkonsiz” narsani talab qilmaslikni, NATO a’zolariga Ukrainaning alyansga kirish vaqti bo‘yicha bosim o‘tkazmaslikni so‘ragan. Germaniya va AQSH Ukrainaning tezlashtirilgan tartibda alyansga a’zo bo‘lishiga qarshilik qilayotgani aytilmoqda.
“Ular Ukrainaning bu yil NATOga to‘laqonli a’zo bo‘lish yo‘lida oldinga siljishiga juda shubha bilan qarashadi. AQSH Germaniya kabi xavotirda bo‘lmasligi mumkin, ammo Rossiyaning alyansning qolgan a’zolariga tahdididan xavotir bor”, — dedi Bayden administratsiyasi fikridan xabardor manba.
Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Litva va Fransiya iyul oyidagi NATO sammitining yakuniy hujjatida alyansga a’zolik borasida “taklif” so‘zi kiritilishini so‘ramoqda.
The Telegraph nashrining yozishicha, ittifoqchilar hozirda kelishuvga erishgan, unga ko‘ra iyuldagi sammitda bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida Ukrainaning NATOga kirishi bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlanadi.
“Bu taklif emas, lekin bunga eng yaqin qadamdir”, — dedi ismi oshkor etilmagan diplomat.
Zelenskiy 2022 yil sentyabr oxirida Ukrainaning NATO alyansiga tezlashtirilgan asosda qo‘shilishi uchun ariza topshirgan. Prezident Ukraina o‘z hududida harbiy amaliyotlar davom etar ekan, NATOga qo‘shila olmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina alyansga qo‘shilish qurolli mojaro tugaganidan keyin amalga oshishi haqida “aniq signal” olmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda