AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter ma’lum qildiki, Liviy qurolli kuchlari Sirt shahrini IShID jangarilaridan ozod etish arafasida turishibdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan, deyiladi "Kun" nashrida.
«Men ular (liviyalik harbiylar) tez vaqt ichida shaharda qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlarni engishini kutayapman», — degan Karter.
U shuningdek, shahar ozod qilinganidan keyin ham AQSh Liviya hukumatiga yordam ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qilgan.
Bundan oldinroq, jangarilarga qarshi Sirtda olib borilgan janglar vaqtida Liviya armiyasining 34 nafar harbiysi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Liviya harbiylari 28 avgust kuni Sirtdagi IShID jangarilariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlagani haqida e’lon qildi. Harbiy harakatlar hududda shu yilning iyun oyida boshlangandi. Ayni vaqtda Liviya qurolli kuchlari jangarilarning katta qismini shahardan surib chiqargan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi