
Foto: Google Images
AQSH prezidentligiga nomzod va sobiq davlat rahbari Donald Tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topilganidan so‘ng uning saylovoldi kampaniyasi 35 million dollarga yaqin mablag‘ yig‘di. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda.
“Sud hukmi e’lon qilinganidan bir necha daqiqa o‘tgach, bizning onlayn mablag‘ yig‘ish tizimimiz to‘lib-toshib ketdi. Trafik tufayli tarmoqdagi vaqtinchalik kechikishlarga qaramay, prezident Tramp kichik xayriya mablag‘lari hisobidan 34,8 million dollar to‘pladi”, — dedi Tramp saylovoldi tashviqoti bo‘yicha katta maslahatchilar Kris Lachivita va Syuzi Uayls.
Ularning ta’kidlashicha, bu bir kun ichida kichik xayriyalar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Maslahatchilarning aytishicha, 5 noyabr saylov kuni “amerikaliklar haqiqiy hukmni chiqaradilar”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing