date
views 215

Turkiyada turar joy binosi qulab tushdi (video)

Turkiyada turar joy binosi qulab tushdi (video)
Istanbulning Kuchuk Chekmeche (Küçük çekmece) tumanida uch qavatli bino qulab tushdi. Bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi tan jarohati oldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Hozirda favqulodda holat sabablari aniqlanmoqda, voqea joyida qutqaruv bo‘linmalari ishlamoqda. Mutaxassislar qutqaruv ishlarini yakunlagan.

Vayronalar ostida qolgan oxirgi odam qutqarib olindi. U tan jarohati olgan. Bino qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi tan jarohatlari bilan qutqarildi. Vayronalar ostida boshqa odamlar yo‘q”, — deyiladi provinsiya hukumati bayonotida.

Jarohatlanganlar orasida ikki kishining ahvoli og‘ir. Favqulodda holat sabablari aniqlanmoqda. Rasmiylar tergovga rahbarlik qilish uchun uch nafar prokuror tayinlagan.

Portlash yoki diversiya versiyasi ko‘rib chiqilmagan. 1988 yilda qurilgan uyning qoldiqlari yaqin atrofdagi avtoturargohga tushgan. Munitsipalitet avtobusi va bir qancha avtomobillarga zarar yetgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada turar joy binosi qulab tushdi (video)