
Foto: Getty Images
Qo‘shma Shtatlar Nigerdan o‘z qo‘shinlarini rasman olib chiqishni boshladi. Bu haqda respublika armiyasi bosh shtabi boshlig‘i, polkovnik Mamane Sani Kiau ma’lum qildi.
"2024 yilning 19 mayida Amerika qo‘shinlarini olib chiqish to‘g‘risidagi bitim imzolangandan beri Nigerni 269 nafar askar allaqachon tark etgan", — dedi u.
1000 dan ortiq AQSH askarlari Nigerda ikkita harbiy bazadan faoliyat yuritgan. Ulardan biri ISHID va “Al-Qoida” jangarilariga hujum qilishgan. 2023 yilda Nigerda harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan, shundan so‘ng 2024 yil mart oyida harbiy xunta AQSH qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilgan.
19 may kuni Qo‘shma Shtatlar va Niger qo‘shma kommyunike imzolagan, unga ko‘ra, Amerika qo‘shinlarini olib chiqish 15 sentyabrdan kechiktirmay yakunlanishi kerak. Niger hukumati amerikalik harbiylarning mamlakat hududida bo‘lishi noqonuniy bo‘lganini aytgan.
Avvalroq rossiyalik askarlar Nigerdagi harbiy bazada alohida binoga joylashgani va Amerika harbiylari bu bazadan endi foydalana olmasliklari aytilgan edi. Bu voqea Niger hukumatining Amerika armiyasini mamlakatdan olib chiqish bo‘yicha talablari ortidan yuz bergan.
The Hill nashri Amerika askarlarining Nigerdan olib chiqilishi mintaqadagi AQSHning rolini zaiflashtirishi va Rossiya, Eron hamda Xitoy kabi davlatlarning Afrikadagi ta’sirini kuchaytirishi mumkinligini qayd etgan.
Qo‘shma ShtatlarNigerHarbiy BazalarAmerika Qo‘shinlariHarbiy To‘ntarishXalqaro Munosabatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar