date
views 482

Serbiya Respublikasi rahbari: “G‘arbning Rossiyani qismlarga bo‘lish rejasi bo‘lgan”

Serbiya Respublikasi rahbari: “G‘arbning Rossiyani qismlarga bo‘lish rejasi bo‘lgan”
Foto: DW
G‘arb Rossiyani besh qismga bo‘lish rejasini ishlab chiqqan. Bu haqda Serbiya Respublikasi prezidenti Milorad Dodik ma’lum qildi.

"Biz Rossiyani besh qismga bo‘lish taklifi borligini bilamiz. Ular dunyoning ko‘p joylarida shunday qilishga o‘rganishgan va nihoyat Rossiyaga yetib kelishdi. Ular buni uddasidan chiqa olamiz deb o‘ylashgan", — deydi u.

Dodikning fikricha, G‘arbning, xususan, Yevropaning maqsadi Rossiya resurslarini egallab olishdir. Putin G‘arb davlatlarining rejalarini darhol anglagan va mamlakatning milliy manfaatlari uchun kurasha boshlagan.

"Mutlaqo resurslari, gazi, nefti, nodir metallari, yetakchilari bo‘lmagan G‘arbning, Yevropaning asosiy maqsadi Rossiyaga tegishli bo‘lgan resurslarga egalik qilishdir", — deya xulosa qilgan u.

U shu sababli Putinni Rossiya va butun rus xalqining milliy boyligi deb atagan.

Avvalroq Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Dodik bilan uchrashgan edi. Dodik Rossiya bilan munosabatlarni juda yaxshi deb atagan va hozirgidek barcha masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya Respublikasi rahbari: “G‘arbning Rossiyani qismlarga bo‘lish rejasi bo‘lgan”