12:24 / 15.06.2024
88

Qozog‘istonda jamoat joylarida hijobda yurishni taqiqlash ko‘rib chiqiladi

Qozog‘istonda jamoat joylarida hijobda yurishni taqiqlash ko‘rib chiqiladi
Foto: Midjournal
Qozog‘iston parlamentida jamoat joylarida diniy libos kiyishni taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda parlament deputati Yermurat Bapiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, jamiyatda diniy libos kiyishni taqiqlash masalasi dolzarb bo‘lib qolgan.

"Biz uchun eng muhim masala mamlakatimizning milliy manfaatlari, an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashdir. Hozirgi holatga qarasangiz, jamiyatda qora kiyingan qozoqlar ko‘proq. Bu holat bo‘lajak milliy manfaatlarimizga jiddiy zarar yetkazadi", — dedi parlament a’zosi.

U tegishli qonun loyihasi parlamentning bo‘lajak sessiyasida kiritilishini qayd etdi.

"Shuning uchun biz, bir guruh deputatlar, shunday qonun loyihasini tayyorladik. U parlamentning kuzgi sessiyasida taqdim etiladi. O‘ylaymanki, uni qabul qilish bilan jamiyatdagi hijob, niqob va boshqa diniy kiyim masalasi hal bo‘ladi. Shunda diniy kiyim masalasini qandaydir tarzda tartibga solishimiz mumkin bo‘ladi", — deya xulosa qildi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda jamoat joylarida hijobda yurishni taqiqlash ko‘rib chiqiladi
ePN