15:02 / 16.06.2024
187

Yaponiyada “go‘shtxo‘r bakteriya” keltirib chiqaradigan xavfli kasallik tarqaldi

Yaponiyada “go‘shtxo‘r bakteriya” keltirib chiqaradigan xavfli kasallik tarqaldi
Foto: Shutterstock
Yaponiyada odamni 48 soat ichida o‘ldirishga qodir “go‘shtxo‘r bakteriya” nomli kasallik tarqalmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, gap A guruhiga kiruvchi — beta-gemolitik gramm-musbat bakteriya, havo tomchilari va aloqa orqali yuqadigan oddiy streptokokk haqida ketmoqda. Odatda kasallanish tomoqdan boshlanadi.

"Odamlar tez-tez streptokokk bilan, xususan, “go‘shtxo‘r bakteriya” nomini olgan A guruhidagi streptokokk bilan kasallanib turadi. Ammo bakteriyani yuqtirib olganlarning hammasida ham streptokokk toksik shok sindromi kuzatilmaydi", — deb yozadi nashr.

Streptokokk toksik shok sindromi organizm uchun noodatiy reaksiyani keltirib chiqaradi. U qo‘l va oyoqlarda og‘riq bilan boshlanib, istma va qon bosimi pasayishi sabab rivojlanib ketadi.

"O‘lim holatlarining aksariyati 48 soatda sodir bo‘ladi. Bemor tongda tovonida shish paydo bo‘lganini sezsa, tushlikka borib u tizzaga tarqaladi. Inson 48 soat ichida vafot etishi mumkin”, — deydi Tokio tibbiyot universiteti professori Ken Kikuchi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning hozirgi tarqatlish jarayoni oqibatida Yaponiyada 2024 yilda 2,5 ming kishi vafot etishi mumkin. Professor o‘z hamkasblari va odamlarni vahimaga berilmaslik hamda “elementar gigiyenaga” rioya qilishga chaqirdi.

2 iyun holati bo‘yicha Yaponiyada 977 ta streptokokk toksik shok sindromi aniqlangan. Kasallikni 1999 yildan beri kuzatib kelayotgan Yuqumli kasalliklar milliy instituti ma’lumotlarda keltirilishicha, o‘tgan yili 941 kishida ushbu bakteriya aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada “go‘shtxo‘r bakteriya” keltirib chiqaradigan xavfli kasallik tarqaldi