00:17 / 17.06.2024
147

Zelenskiy: “G‘arb davlatlarining yordami Ukrainaning g‘alabasi uchun hali yetarli emas”

Zelenskiy: “G‘arb davlatlarining yordami Ukrainaning g‘alabasi uchun hali yetarli emas”
Foto: Google Images
Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishi uchun G‘arb davlatlarining yordami hali etarli emas. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shveysariyadagi tinchlik sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

G‘arbdan yordam bor. Jiddiy paketlar bor. G‘alaba qozonish uchun yetarlimi? Yo‘q”, — dedi u.

Zelenskiy yordam kechikayotganini ham ta’kidladi.

Ushbu paketlar kuchaytiriladimi? Bu borada har kuni ish olib bormoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Avvalroq Norvegiya hukumati Ukraina energetika tizimini ta’mirlash uchun 100 mln dollar ajratishi ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “G‘arb davlatlarining yordami Ukrainaning g‘alabasi uchun hali yetarli emas”