1 028
Zelenskiy: “Ukraina bir shart bilan ertagayoq Rossiya bilan muzokaralarni boshlashi mumkin”
Foto: AP Photo
Agar Moskva hududiy yaxlitligini hurmat qilsa, Ukraina ertagayoq Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga tayyor. Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
"Rossiya bizning hududlarimizni tark etsa, ertagayoq biz bilan muzokara boshlashi mumkin", — dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy ikkinchi tinchlik sammitiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rilayotganini qo‘shimcha qilgan. U, shuningdek, Shveysariyadagi konferensiya yakunlari bo‘yicha qabul qilingan harakat rejasi ikkinchi sammit oldidan Rossiya tomoniga yetkazilishini ta’kidlagan.
Shveysariya prezidenti Viola Amherdga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiyada turli nuqtayi nazarlar mavjudligi aniqlangan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Shveysariyada Ukraina bo‘yicha sammit ishtirokchilarini Jorj Oruellning mashhur kitobi qahramonlari bilan solishtirib, konferensiya hududini “qishloq xo‘jaligi hayvonlarini saqlash uchun mo‘ljallangan hovli”ga qiyoslagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lionel Messi: "Mendagi bu xarakter farzandlarimga xam o‘tgan"
Nima uchun jismoniy mashqlar va uqalash bel og‘rig‘idan xalos etmaydi?
Yulian Nagelsmann Shveysariya terma jamoasiga qarshi o‘yin haqida: "Taktik jihatdan yaxshi o‘ynadik"
Robert Uittaker kim bilan revansh o‘tkazishni xohlaydi?
Dog‘istondagi hujum: ikki kun o‘tib nimalar ma’lum?
Dana Uayt: Konor to‘liq tuzalib ketmaguncha hech qanday chora ko‘rmayman
Shavkat Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik yetakchi ishbilarmonlar bilan uchrashdi
Hindistonda 50 dan ortiq odam aroqdan zaharlanib vafot etdi