date
views 98

Xitoydagi suv toshqinlari fermerlarga 225 mln dollar zarar yetkazdi

Xitoydagi suv toshqinlari fermerlarga 225 mln dollar zarar yetkazdi
Foto: Google Images
Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi suv toshqinlari tufayli 35 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Ayrim daryolarda suv sathi deyarli to‘rt metrgacha ko‘tarilib, kritik darajadan oshib ketdi.

Tabiiy ofatga kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan, buning natijasida suv shahar ko‘chalariga yoyilgan. Yo‘llar, uylar va ko‘priklar suv ostida qolgan.

Shuningdek, 12 mingdan ortiq hosil suv ostida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fermerlar 225 million dollar zarar ko‘rgan.

Umuman olganda, Xitoyning janubi-sharqidagi tabiiy ofatdan 200 mingga yaqin odam jabrlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi suv toshqinlari fermerlarga 225 mln dollar zarar yetkazdi