AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi milliarder Donald Tramp saylovchilar bilan uchrashuvida aytishicha, uning saylovdagi raqibi demokrat Hillari Klinton odam o‘ldirib ham odil sudlov ta’qibidan qutilib qola oladi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
«U (Hillari Klinton)ning himoyasi juda kuchli. U hoziroq minbarga chiqib, 20 ming kishining ko‘z o‘ngida istagan insonni otishi mumkin. Marhumning to‘g‘ri yuragidan otsa ham unga hech narsa bo‘lmaydi, tushunarlimi?» — degan Tramp, qo‘li bilan otgandek ishora qilar ekan.
Respublikachi nomzod FQB tomonidan Klintonning maxfiy ma’lumotlarni jo‘natishda xususiy pochta serveridan foydalanganiga oid tergov ishlari borasida fikrini shu tarzda izhor qilgan. Uzoq davom etgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, mamlakat hukumati Klintonga ayblov e’lon qilmaslikka qaror qilgan.
Ta’kidlanishicha, Trampning Klinton haqidagi bu so‘zlari avvaldan tayyorlangan matnda bo‘lmagan.
Avvalroq, Respublikachi nomzod Klintonning muvaffaqiyatsiz tashqi siyosati, KXDRning yadro sinovlarini boshlashiga imkon berganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi