10:07 / 19.06.2024
411

Putin 24 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi

Putin 24 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi
Foto: “Kremlin.ru”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 iyun kuni tunda davlat tashrifi bilan Pxenyanga keldi, uni aeroportda KXDR rahbari Kim Chen In kutib oldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

KXDR rahbari Rossiya prezidentini samolyot zinapoyasida kutib olgan. Putin va Kim Chen In faxriy qorovullar bilan o‘ralgan qizil gilam bo‘ylab yurgan. Davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqot to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuvdan so‘ng boshlangan. Deyarli kortejga yetib borgan yetakchilar to‘xtab, bir necha daqiqa davomida bir-birlari bilan jonli suhbatlashgan. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti hamkasbini “Aurus” avtomobiliga taklif qilgan.

Foto: “Kremlin.ru”
Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning butun tarixi davomida bu Putinning Pxenyanga 2000 yildan keyingi birinchi tashrifi hisoblanadi. Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi ikki kun davom etadi, asosiy uchrashuv 19 iyunga belgilangan. Chorshanba kuni turli formatlarda muzokaralar rejalashtirilgan, eng muhimi Rossiya va KXDR rahbarlarining yuzma-yuz uchrashuvidir.

Foto: “Kremlin.ru”
Tashrifning rasmiy qismi 19 iyun kuni tushda Putin va Kim Chen Inning uchrashuv marosimi bilan boshlanadi. An’anaga ko‘ra, Rossiya va KXDR madhiyalari yangraydi, faxriy qorovul saf tortadi, davlat rahbarlariga ikki davlat delegatsiyalari tanishtiriladi. Keyin qarorgohda Rossiya—Koreya muzokaralari boshlanadi.

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”
Tashrif dasturi

Foto: “TASS”
Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov tashrif dasturida juda qizg‘in, muzokaralar, eng muhimi, Putin va Kim Chen In o‘rtasida norasmiy yakkama-yakka muloqot ko‘zda tutilganini aytdi.

Aytgancha, yetakchilar o‘rtasidagi norasmiy muloqotga ko‘p vaqt ajratiladi, chunki delegatsiyalarning ayrim a’zolari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ushbu muzokaralar davomida eng muhim, eng nozik masalalar muhokama qilinadi”, — dedi Ushakov.

Kunning ikkinchi yarmida qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan, muzokaralar yakunida Rossiya prezidenti va KXDR yetakchisi matbuot uchun bayonot beradi.

Eng muhim hujjatlardan biri bu Rossiya va KXDR o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi yangi shartnomadir. Bitim Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida 1961, 2000 va 2001 yillarda imzolangan fundamental hujjatlar o‘rnini egallaydi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, yangi shartnoma “dunyo va mintaqadagi geosiyosiy vaziyatning chuqur evolyutsiyasi, shuningdek, so‘nggi paytlarda ikki tomonlama munosabatlarda yuz bergan sifatli o‘zgarishlari bilan belgilanadi”.

Bu tabiiy ravishda xalqaro huquqning barcha fundamental tamoyillariga mos keladi, hech qanday qarama-qarshilik xarakteriga ega bo‘lmaydi, hech bir davlatga qarshi qaratilmaydi, balki Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasida yanada barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi”, — dedi Ushakov.

Foto: “Kremlin.ru”
U yangi shartnoma harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni nazarda tutadimi yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.

Shartnoma imzolansa, u kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab beradi va u, tabiiyki, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida xalqaro siyosat, iqtisodiyot, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha munosabatlar, jumladan xavfsizlik masalalarini hisobga oladi”, — degan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin 24 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi
ePN