
Amerikalik milliarder Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldoshlari ishdan chiqqanidan keyin Yerning ozon qatlamini yemirishi mumkin. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
Janubiy Kaliforniya universitetining Astronavtika muhandisligi bo‘limi olimlari past orbitali internet sun’iy yo‘ldoshlarining ko‘payishi atmosferada zararli kimyoviy reaksiyalarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Hozirda yerning pastki orbitasida 8000 dan ortiq internet sun’iy yo‘ldoshlari mavjud, ulardan 6000 ga yaqini Starlink'ka tegishlidir. Ularning bari katta miqdordagi alyuminiydan tayyorlangan va qisqa, taxminan besh yil xizmat qilishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldoshlar Yer atmosferasiga tushib, yonganida alyuminiy oksidi hosil bo‘ladi va bu ozon uchun juda halokatli kimyoviy reaksiyaga sabab bo‘ladi.
2016 va 2022 yillar oralig‘ida oksidlarning mavjudligi taxminan sakkiz baravar ko‘paygan va hozirgi sun’iy yo‘ldoshni uchirish rejalari bilan uning soni yanada ortishi mumkin.
SpaceX yana 42 mingta Starlink sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Boshqa kompaniyalar, shu jumladan, Amazon ham o‘zining minglab sun’iy yo‘ldoshlarini ishga tushirmoqchi.
Bundan ham yomoni, oksidlarning ta’siri o‘nlab yillar davomida saqlanishi mumkin, chunki uning zarrachalari pastga tushishda davom etadi.
Ma’lumot uchun
Olimlar kuzatuviga ko‘ra, 2022 yil sun’iy yo‘ldoshlarning qulashi natijasida atmosferaga 18,7 tonna alyuminiy oksidi nanozarrachalari chiqarilgan.
Rejalashtirilgan sun’iy yo‘ldoshlar uchirilishi oqibatida bu ko‘rsatkich yiliga 397 tonnagacha oshishi va “ozon qatlamining sezilarli darajada yemirilishi”ga olib kelishi mumkin.
Ilon MaskStarlinkOzon QatlamSun’iy Yo‘ldoshlarKimyoviy ReaksiyalarAtmosfera Zararli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar