21:11 / 23.06.2024
211

Hindistonda 50 dan ortiq odam aroqdan zaharlanib vafot etdi

Hindistonda 50 dan ortiq odam aroqdan zaharlanib vafot etdi
Foto: AFP
Hindistonning Tamil Nadu shtatida 54 kishi aroq tarkibidagi metalondan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 150 ga yaqin odam kasalxonaga yotqizilgan. Ularning barchasi tarkibida metil spirti (metanol) bo‘lgan qalbaki aroq ichgan. Hindistonda har yili yuzlab odamlar arzon spirtli ichimlik ortidan vafot etadi. Biroq hozirgi zaharlanish so‘nggi yillarda eng yomon va eng keng tarqalgan holatlardan biriga aylandi.

Soxta spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilari aroq kuchini oshirish uchun ko‘pincha unga metanol qo‘shadi. Bu esa jigar shikastlanishi, ko‘rlik va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Asosan aholining past daromadli qatlami shunday spirtli ichimliklar xarid qilgan. Aroqlar polietilen qoplarda sotiladi va taxminan 60 rupiy (taxminan 9 ming so‘m) turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 50 dan ortiq odam aroqdan zaharlanib vafot etdi