00:28 / 25.06.2024
116

NASA: Amerikaliklar xitoyliklardan oldin Oyga qo‘nadi

NASA: Amerikaliklar xitoyliklardan oldin Oyga qo‘nadi
Foto: Google Images
AQSH Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) dasturi reja asosida amalga oshirilmoqda va amerikalik astronavtlar Oy yuzasiga xitoylik hamkasblaridan oldin qo‘nishadi. Bu haqda NASA direktori Bill Nelson The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

O‘ylaymanki, biz belgilangan jadval asosida o‘z maqsadimiz tomon harakatlanyapmiz”, dedi u.

Nelsonning ta’kidlashicha, NASA'ning Xitoydan oldin Oyga etib borish qobiliyatining asosiy ko‘rsatkichi SpaceX'ning so‘nggi Starship parvozidagi muvaffaqiyati bo‘lib, uning prototipi 6 iyun kuni to‘rtinchi sinovda Hind okeaniga birinchi muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi. Shu bilan birga, NASA rahbari ta’kidlaganidek, raqobatga qaramay, AQSH va Xitoy Oyda harakatlanish va tadqiqot o‘tkazish yo‘llarini birga izlashga majbur bo‘ladi.

NASA 2019 yilning bahorida uch bosqichdan iborat bo‘lgan Artemis oy dasturi loyihasini e’lon qildi. Ulardan birinchisi (Artemis I) Oy atrofida o‘ta og‘ir Space Launch System raketasiga o‘rnatilgan Orion kosmik kemasining uchuvchisiz parvozini va uning Yerga qaytishini ta’minladi. Parvoz 2022 yilning 16 noyabridan 11 dekabriga qadar amalga oshirilgan.

Dasturning ikkinchi bosqichi (Artemis II) bortda ekipaj bilan Yerning tabiiy yo‘ldoshiga parvozni o‘z ichiga oladi. Missiyaning uchinchi bosqichida (Artemis III) NASA astronavtlarni Oyga qo‘ndirib, so‘ng ularni taxminan 2030 yillarning o‘rtalarida Marsga yuborishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA: Amerikaliklar xitoyliklardan oldin Oyga qo‘nadi
ePN