00:30 / 25.06.2024
404

Zelenskiy Ukraina birlashgan kuchlariga yangi qo‘mondon tayinladi

Zelenskiy Ukraina birlashgan kuchlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Andrey Gnatov
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat armiyasining birlashgan kuchlari qo‘mondoni Yuriy Sodolni ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi. U 2024 yil 11 fevraldan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

«Men Ukraina Qurolli kuchlari birlashgan kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Yuriy Sodolni brigada generali Andrey Gnatov bilan almashtirishga qaror qildim», dedi Ukraina prezidenti kechki murojaatida.

Zelenskiy iste’fo va tayinlov sabablariga oydinlik kiritmadi.

Andrey Viktorovich Gnatov - ukrainalik ofitser, brigada generali, shtab boshlig‘i - Ukraina Qurolli Kuchlari quruqlikdagi kuchlari «Janub» tezkor qo‘mondonligi qo‘mondoni o‘rinbosari (2022), sobiq shtab boshlig‘i (2016-2018) va 36-alohida dengiz piyodalari guruhi qo‘mondoni (2018-2021).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina birlashgan kuchlariga yangi qo‘mondon tayinladi
ePN