13:01 / 25.06.2024
156

Ilon Mask o‘n ikkinchi marta ota bo‘ldi

Ilon Mask o‘n ikkinchi marta ota bo‘ldi
Foto: Dzen
Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask o‘n ikkinchi bor ota bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ilon Maskning farzandi 2024 yilning boshida tug‘ilgan, biroq ko‘p farzandli ota bu haqda ommaga oshkor qilmagan. Chaqaloq onasining ismi Shivon Zilis bo‘lib, u Neuralink kompaniyasi menejeri lavozimida ish yuritadi. Yangi tug‘ilgan bolaning ismi va jinsi hozircha sir saqlanmoqda.

Keyinroq SpaceX bosh ijrochi direktori chaqaloqning tug‘ilishiga izoh berdi va bu yangilik hech qachon sir bo‘lmagani va farzandli bo‘lgani sababli press-reliz o‘tkazish ajablanarli holat bo‘lishini aytdi:

Farzandim dunyoga kelganini hech kimdan yashirmaganman. Bunday mish-mishlarning bari yolg‘on. Bu haqda barcha qarindoshlarimiz va do‘stlarimiz xabardor. Biz OAV vakillarini chaqirtirib, press-reliz o‘tkazishni noo‘rin deb o‘yladik. Bularning bari farzandim tug‘ilishi sir bo‘lgan, degani emas”, — deya izoh berdi Mask.

Ma’lumot uchun: 2022 yil iyul oyida Ilon Mask va Shivon Zilis egizak farzandlar ota-onasi bo‘ldi. Maskning sobiq rafiqasi Jastin Uilson uch egiz bolalarni dunyoga keltirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask o‘n ikkinchi marta ota bo‘ldi