17:00 / 25.06.2024
494

Xitoyning nozik nuqtasi va “Anakonda” strategiyasi haqida

Xitoyning nozik nuqtasi va “Anakonda” strategiyasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov “Daryo” bilan suhbatda, bugungi kunda Xitoy nima uchun quruqlik orqali o‘tuvchi yo‘llarga e’tibor qaratayotgani va Chin yurtining nozik nuqtasi haqida gapirib o‘tdi.

Abduqodirovning ta’kidlashicha, Xitoy tashqi savdosining 60 foizi dengiz yo‘lidan o‘tadi. Biroq bir muammo mavjud.

Quruqlik orqali o‘tuvchi yo‘llar asosan Xitoy uchun ahamiyatli. Nega? Birinchidan, Xitoy bugungi kunda dunyoning 2-raqamli iqtisodi. Chin yurtining yalpi ichki mahsuloti boshqa mamlakatlarga ko‘proq xizmat qiladi. Bugungi kunda asosiy iste’mol mahsulotlari butun dunyoga Xitoy hamda Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan olinadi. Va Xitoy tashqi savdosining 60 foizi dengiz yo‘lidan o‘tadi. Bu yerda bir muammo bor.

Xitoy uchun muammo — 60 foizi tashqi savdodagi mahsulotlari Malayziya, Singapur va Indoneziya o‘rtasidagi orollardan iborat yo‘llardan o‘tadi. Singapurda AQSHning harbiy istehkomi joylashgan. Agar shu yo‘lak yopib qo‘yilsa, Xitoyning tashqi savdosiga katta zarar yetadi. Shuning uchun ham Xitoy quruqlik yo‘llaridagi yo‘llarga e’tibor qaratmoqda
”, — deydi Abdulla Abduqodirov.

Shuningdek, iqtisodiy tahlilchi Xitoyning bugungi kundagi asosiy maqsadlaridan birini aytib o‘tdi.

Bugungi kunda Xitoy o‘zining iqtisodiyotini butun dunyoga bitta darcha sifatida tavsiya qilmoqda. Ya’ni Xitoy loyihani rejalashtirish, loyihani amalga oshirish uchun barcha texnikalarni berish, obyektni qurib berish va nazorat qilishni o‘z bo‘yniga oluvchi davlat sifatida o‘zini butun dunyoga tavsiya qilmoqda. Bu narsa Yevropada yo‘q. Hatto AQSHda ham. Bitta mamlakat bilan hamma narsani hal qila olmaysiz. Lekin Xitoyda bu imkoniyat mavjud. Biroq bu Chin davlatiga bo‘lgan bog‘liqlikni oshiradi. Aslida, Xitoyning eng katta maqsadi ham shu. Ya’ni butun dunyo iqtisodiyotini o‘zida jamlashtirish va o‘ziga bog‘liqlikni oshirish”, — dedi Abduqodirov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning nozik nuqtasi va “Anakonda” strategiyasi haqida
ePN