18:46 / 25.06.2024
155

Vladimir Putin: “BRIKS diktaturadan xoli dunyo qurish tarafdori”

Vladimir Putin: “BRIKS diktaturadan xoli dunyo qurish tarafdori”
Foto: “RIA Novosti”
Vladimir Putin BRIKS tashkiloti diktaturadan xoli dunyo qurish uchun harakat qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda, “RIA Novosti” xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Vladimir Putin 25 iyun kun Primakov yubileyi ishtirokchilari va tashkilotchilariga murojaat yo‘llagan. Ushbu murojaatida prezident Moskva a’zoligidagi tashkilotlarning xalqaro maqsadlari haqida fikr bildirgan.

Putinga ko‘ra, BRIKS adolatli va demokratik dunyo qurish tarafdori. Bunga erishish uchun uning a’zo mamlakatlarida, xususan, Rossiyada ham iqtisodiy va siyosiy potensial mavjud.

Shubhasiz, siz dunyoning ko‘pchilik manfaatlarini ifodalovchi va bu yil Rossiya raislik qilayotgan BRIKS assotsiatsiyasining roli va yangi rivojlanishi istiqbollari haqida xabardorsiz. Aynan BRIKS adolat, tenglik tamoyillariga asoslangan, diktatura va zo‘ravonlikdan xoli demokratik tartibni barpo etishda lokomotiv vazifasini bajaradi”, — degan Rossiya rahbari.

Adolatli va demokratik yangi dunyo tartibi haqida gapirgan Rossiya rahbari bu yangicha tartibning batafsil izohini bermagan. G‘oyani amalga oshiruvchi mexanizmlar, uning ramziy xaritasi va dastaklari haqida fikr bildirilmagan.

Vladimir Putin Primakov markazi o‘rganuvchilarning tahlillari, prognozlari va mulohazalari qiziqarli va foydali bo‘lishini qo‘shimcha qilgan. Markaz faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin: “BRIKS diktaturadan xoli dunyo qurish tarafdori”