10:46 / 28.06.2024
273

Bayden va Tramp o‘rtasidagi teledebatning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi

Bayden va Tramp o‘rtasidagi teledebatning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi
Foto: Getty Images
AQSHda 27 iyun kuni prezident Jo Bayden va sobiq davlat rahbari Donald Tramp o‘rtasidagi ilk teledebat bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi CNN studiyasida nutq so‘zladi.

Debat ishtirokchilariga 90 daqiqa vaqt berildi. Bayden va Tramp navbatma-navbat so‘zlashdi, biri gapirayotganda, ikkinchisining mikrofoni o‘chirildi. Qura natijalariga asosan Bayden birinchi bo‘lib nutq so‘zladi. Bu AQSH tarixida sobiq va amaldagi prezident o‘rtasidagi birinchi debatdir.

AQSH iqtisodiyotidagi vaziyat

Teleduel AQSH iqtisodiyotidagi vaziyatni muhokama qilish bilan boshlandi. Tramp va Bayden inflyatsiya, ish o‘rinlari va soliq siyosati bo‘yicha fikr almashdi. Oq uy rahbari iqtisodiy muvaffaqiyati hisoblagan omillarni sanab o‘tdi va “hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p”ligini aytdi.

Inflyatsiya Qo‘shma Shtatlarni o‘ldirmoqda”, — dedi Tramp.

CNN xabariga ko‘ra, may oyida iste’mol narxlari 2023 yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga oshdi, inflyatsiya esa 9,1 foizga yetdi.

Putinning Ukrainaga qo‘ygan talablari

Immigratsiya va abortni taqiqlash bo‘yicha fikr almashgandan so‘ng, raqiblar moderatorlar tashabbusi bilan tashqi siyosat kun tartibiga o‘tdi.

Dastlab Ukrainadagi urush muhokama qilindi. Debat ishtirokchilaridan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini maqbul deb hisoblaysizmi, deb so‘raldi.

Tramp Baydenni Ukrainadagi urushda ayblab, “agar bizda yetakchi bo‘lganida, keng ko‘lamli bosqin hech qachon sodir bo‘lmasdi”, dedi.

Bu hech qachon boshlanmasligi kerak bo‘lgan urush. Bayden davrida Kiyevga 200 milliard dollar yoki undan ko‘proq mablag‘ ajratildi. Bu katta summa”, — dedi u.

Shuningdek, sobiq davlat rahbari Rossiya prezidentining talablarini qabul qilib bo‘lmasligini aytdi.

Prezident Bayden esa Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atadi. “Unga butun Ukraina kerak”, — dedi u va Rossiya prezidenti bu bilan to‘xtab qolmasligini aytdi.

Sizningcha, Polsha bilan nima bo‘ladi?”, — dedi Bayden va urush NATO mamlakatlariga tarqalishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha munozara

Keyinchalik siyosatchilar G‘azo sektoridagi vaziyatga o‘tdi. Baydenning ta’kidlashicha, isroillik garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashish va uzoq muddatli “qo‘shimcha shartlar bilan o‘t ochishni to‘xtatish” rejasi muhokama qilinmoqda. “Urush davom etishini faqat HAMAS istaydi”, dedi Amerika rahbari.

Trampdan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni to‘xtatish uchun mustaqil Falastin davlatini yaratishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi fikri so‘raldi.

Biz ko‘rishimiz kerak”, — deb javob berdi Tramp va keyin Yevropa davlatlari bilan savdo bitimlarini muhokama qilishga o‘tdi.

81 yoshli demokrat (Bayden) va 78 yoshli respublikachi (Tramp) o‘rtasidagi teleduel ikki reklama tanaffus bilan 90 daqiqa davom etdi. Bu prezidentlik debatlarining standart uzunligi.

Amerika tarixidagi birinchi debat 1858 yilda respublikachi Avraam Linkoln va demokrat Stiven Duglas o‘rtasida Senatdagi o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan. Siyosatchilar Illinoys shtatida jami yettita uchrashuv o‘tkazgan. O‘shanda ularga gapirish uchun bir soat va javob berish uchun yana yarim soat vaqt berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden va Tramp o‘rtasidagi teledebatning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi