10:21 / 29.06.2024
302

Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Bir necha kun oldin Saudiya Arabistoni rasmiylari 2024 yilgi Haj mavsumida 1300 dan ortiq odam vafot etganini bildirgandi. «Gazeta.uz» manbasi ziyorat chog‘ida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etganini ma’lum qildi.

Hozircha ular aynan qanday sabab bilan vafot etgani aniq emas.

Avvalroq Saudi Press Agency (SPA) mamlakat sog‘liqni saqlash vaziriga tayanib, vafot etayotganlarning ko‘pchiligi to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri ostida uzoq masofalarni boshpana va qulayliksiz piyoda bosib o‘tganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida bir necha keksalar va surunkali kasalliklarga chalinganlar bor.

Bu yil Haj ziyorati 14−19 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unda 1,8 millionga yaqin ziyoratchi ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 1,6 milliondan ortig‘i xorijdan kelgan.

Haj kunlarida jazirama issiq kuzatildi. Shu tariqa, 17 iyun kuni Makka shahridagi Masjidi A’zamda havo harorati Selsiy bo‘yicha 51,8 darajaga yetdi. Rasmiy hujjatlari bo‘lmagan ziyoratchilar Haj yo‘nalishi bo‘ylab konditsioner o‘rnatilgan inshootlarga kira olmadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan jami 15 130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga borgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani ma’lum bo‘ldi