![3,99 dollarga xarid qilingan xumcha bebaho boylik bo‘lib chiqdi](/uploads/posts/2024-06/x7e0ccd808d_01.webp.pagespeed.ic.1GqB0e5hak.webp)
Vashingtonlik Anna Li Doziyer arzon-garovga xarid qilgan xumcha qadimgi mayyalar yasagan osoriatiqa bo‘lib chiqdi.
Doziyer xumchani 2019 yilda mahalliy do‘kondan 3,99 dollar sotib olgandi. Meksikada ishlagan paytlarini eslatgani va ko‘rinishi yoqqani uchun buyumni xarid qilgandi.
Oradan besh yil o‘tib, Mexikodagi antropologiya milliy muzeyiga borganida, bu yerdagi ayrim buyumlar o‘zining xumchasiga juda o‘xshashini ko‘rib hayron qoldi. Shu yerdagi mutaxassisdan so‘rab-surishtirgach, shubhalari to‘g‘ri chiqdi.
Meksikaning Vashingtondagi elchixonasi xumchaning daragini eshitib, uni qaytarishni so‘raganida Doziyer taklifni bajonidil qabul qildi.
Meksikaning AQSHdagi elchisi Esteban Moktesuma Barragan xumchani «mayyalar davrining bebaho dalili» deya ta’riflab, saxovati uchun Doziyerga minnatdorlik bildirdi.
Taxminlarga ko‘ra, amerikalik ayol 4 dollarga sotib olgan xumchaning kelib chiqishi Meksika janubi-sharqiga borib taqaladi va mayyalar tamaddunining klassik davri — miloddan avvalgi 1800–1200-yillarda yasalgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Eron Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi расм](/uploads/posts/2024-06/x0c77a966a8_photo_2024-06-30_17-15-45-mniljc1m.webp.pagespeed.ic.yveIsIGDiP.webp)
Eron Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi
![Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ssenariysini oshkor qildi расм](/uploads/posts/2024-06/xae20cf4f55_photo_2024-06-30_23-00-20-x2tnnwai.webp.pagespeed.ic.trFqvyjuDA.webp)
Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ssenariysini oshkor qildi
![Kamala Xarris: “Prezidentlik poygasi iyun oyidagi bir kechada hal etilmaydi” расм](/uploads/posts/2024-06/x05274177c1_kamala1-dtrhqssu.webp.pagespeed.ic.hAVm3OBPxR.webp)
Kamala Xarris: “Prezidentlik poygasi iyun oyidagi bir kechada hal etilmaydi”
!["Navbahor" bosh murabbiyi kim bo‘ladi? расм](/uploads/posts/2024-06/xc619eab8b0_795133_680.webp.pagespeed.ic.HMahiL4GSp.webp)
"Navbahor" bosh murabbiyi kim bo‘ladi?
![Qimorda yutqazib MRB josusiga aylangan KGB xodimi... расм](/uploads/posts/2024-06/x25a6eba959_01.webp.pagespeed.ic.JdHq-35LGH.webp)
Qimorda yutqazib MRB josusiga aylangan KGB xodimi...
![O‘zbekistonda havo qachon salqinlashishi ma’lum qilindi расм](/uploads/posts/2024-06/x415d69c592_bhpm7q1yr0cdwme.webp.pagespeed.ic.3TbTt4Q06N.webp)
O‘zbekistonda havo qachon salqinlashishi ma’lum qilindi
![Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani ma’lum bo‘ldi расм](/uploads/posts/2024-06/xa1fe40b4d7_pwk2fc17195712574035_b.webp.pagespeed.ic.wFDY-y3feZ.webp)
Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani ma’lum bo‘ldi
!["Metallurg"ning ispaniyalik sobiq ustozi yana yurtimizga qaytdi расм](/uploads/posts/2024-06/xd5084bccac_images.webp.pagespeed.ic.i9JaMYQ6L1.webp)
"Metallurg"ning ispaniyalik sobiq ustozi yana yurtimizga qaytdi