21:26 / 30.06.2024
213

Rossiyada niqobni “zudlik bilan” taqiqlash taklif etildi

Rossiyada niqobni “zudlik bilan” taqiqlash taklif etildi
Foto: Reuters
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin mamlakatda niqob kiyishni “zudlik bilan” taqiqlashga chaqirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Bastrikinga Xalqaro yoshlar yuridik forumida Markaziy Osiyo davlatlarida yuzni yopuvchi diniy kiyim kiyish taqiqlangani aytilgan.

U yerda niqob kiya olmaganlar bu yerga ko‘chib kelib, Rossiyada kiyadi”, — degan murojaatchilardan biri.
U Rossiyada ham xuddi shunday taqiqni joriy etishni taklif qilgan va niqob ortida “qandaydir terrorchilar hujayrasi uxlab yotgan bo‘lishi mumkin”ligini aytgan.

Siz aytgan narsani taqiqlash bo‘yicha qonunni Davlat dumasi qabul qiladi. U yerda taqiqlangan, bizda esa yo‘q. Nega? Men sababini bilmayman, qonunchi emasman. Sizning fikringizga qo‘shilaman zudlik bilan bularning barchasini taqiqlashimiz lozim”, — deya javob bergan Aleksandr Bastrikin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Dog‘istondagi cherkov va sinagogalarga, shuningdek, Rostov-Dondagi tergov izolatori xodimlariga uyushtirilgan hujumlar “terrorchilar” tomonidan amalga oshirilgan.

Ular hatto bizning hududimizga o‘zlarining terror bayrog‘ini ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi, shuning uchun Davlat dumasi bu hodisalarga zudlik bilan javob berishi kerak”, — dedi Bastrikin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada niqobni “zudlik bilan” taqiqlash taklif etildi