11:24 / 01.07.2024
458

Zelenskiy Trampning Ukrainadagi urushni to‘xtatish rejasiga munosabat bildirdi

Zelenskiy Trampning Ukrainadagi urushni to‘xtatish rejasiga munosabat bildirdi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH sobiq rahbari Donald Trampning Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni tezda tugatish rejasi haqidagi bayonotini “yomon g‘oya” deb atadi. Bu haqda Zelenskiy The Philadelphia Inquirer nashriga bergan intervyusida xabar berdi.

Agar g‘oya bizning hududlarimizni berishdan iborat bo‘lsa, bu yangi g‘oya emas. Agar bu masalani hal qiladi deb o‘ylasak — yo‘q, bu hal qilmaydi. Putin kun sayin qashshoqlashayotgan jamiyatini to‘ydirishi kerak, oziq-ovqat bilan emas, chunga bunga mablag‘i yo‘q, balki ularni ma’lumotlar, soxta g‘alabalar va hokazo bilan oziqlantirishi kerak. Agar g‘oya bizning hududlarimizni berish bo‘lsa — yomon g‘oya. Bu Ukrainada va Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida tinchlikka olib kelmaydi”, — dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi nafaqat Ukraina, balki Rossiya uchun ham xavfsizlikni kafolatlaydi.

Men yana bir bor AQSH va Yevropadagi ayrim hamkorlarimiz qo‘rqayotgan narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman — bu Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi. NATO xavfsizlik ittifoqi nafaqat Ukraina uchun, rostini aytsam, u Rossiya uchun ham xavfsizlikdir.

Urush tugaydi. Afsuski, yaqinlarini, bolalarini yo‘qotgan barcha odamlar qoniqish olmaydi. Shu sababli, bu odamlarda qasos olish istagi paydo bo‘ladi va ularning bunga huquqi bor. Odamlar javob olishi, sudlar bo‘lishi va hukmlar chiqarilishi kerak, shunda dunyo Putin yana qaytadi deb qo‘rqmaydi — adolat bo‘lishi kerak. Adolat xavfsizlik ittifoqida, NATOda. Ukrainaning NATOga kirishi Rossiya uchun ham xavfsizlikdir
”, — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy AQSHning amaldagi hukumati va Trampning Ukrainani NATOga taklif qilishdan bosh tortish pozitsiyasi “dunyo yetakchilari siyosatiga” mos kelmasligini ta’kidladi.

Bu ’bir qadam oldinga — ikki qadam orqaga’ siyosati deb hisoblayman. Dunyo yetakchilari siyosatiga o‘xshamaydi, bu ehtiyotkor qadamlar. Bu mina maydonida yuruvchi sapyorlarning qadamlaridir. Agar bugungi kunda NATOga taklif bo‘lmasa, biz aniq javob so‘raymiz”, — dedi u.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, agar NATO hali ham Ukrainani himoya qilishga va o‘z ittifoqiga kiritishga tayyor bo‘lmasa, Kiyev ukrainlar o‘zlarini himoya qila olishi uchun barcha narsani berishni so‘raydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Trampning Ukrainadagi urushni to‘xtatish rejasiga munosabat bildirdi