23:25 / 01.07.2024
657

Zelenskiy AQSHga Rossiya bo‘yicha qat’iy talab bilan murojaat qildi

Zelenskiy AQSHga Rossiya bo‘yicha qat’iy talab bilan murojaat qildi
Foto: AP
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Rossiyaning harbiy aerodromlariga Amerika raketalari bilan hujum qilishiga ruxsat berishi kerak, deya Vladimir Zelenskiy Philadelphia Inquirer nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bugun bizga ATACMS raketalarini Rossiya hududiga chuqur otish imkoniyatini berish kerak", — deydi Ukraina rahbari.

Zelenskiy, shuningdek, AQSH prezidenti Jo Baydenning Ukraina qurolli kuchlariga Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududiga hujum qilishiga ruxsat berish qarorini yetarli emas deb atagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq NATO davlatlari vakillari Kiyevga berilgan raketa majmualari bilan Rossiya hududiga chuqur zarba berishga ruxsat berish rejalari haqida gapirganda, “nima bilan o‘ynashayotganidan” xabardor bo‘lishlari kerakligini aytgan edi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, ittifoq mamlakatlari ataylab keskinlikning yangi bosqichiga kirib, Ukrainani ma’nosiz urushni davom ettirishga undamoqda. Uning fikricha, bu muqarrar ravishda o‘z oqibatlarini keltirib chiqaradi va mazkur mojaroni avj oldirish tarafdori bo‘lgan mamlakatlar manfaatlariga katta zarar yetkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy AQSHga Rossiya bo‘yicha qat’iy talab bilan murojaat qildi