15:33 / 03.07.2024
131

Zelenskiy idorasi vakili: “Ukraina Rossiya bilan murosa qilishga hali tayyor emas”

Zelenskiy idorasi vakili: “Ukraina Rossiya bilan murosa qilishga hali tayyor emas”
Foto: Reuters
Ukraina Rossiya harbiy ma’muriyati bilan murosa qilish va kelishuvga erishishga hali tayyor emas. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi raisi, prezident maslahatchisi Andrey Yermak bergan bayonotga asoslanib, Reuters nashri xabar berdi.

Andrey Yermakka ko‘ra, Ukraina tomoni Rossiya bilan har qanday kelishuvga tayyor emas. Bu esa Kiyev o‘z hududlarini Moskvaga berib yuborishni xohlamasligi bilan chambarchas bog‘liq.

Ushbu muhokamalar AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning argumentlaridan so‘ng ko‘tarilgan. Tramp agar prezidentlikka tayinlansa, mojaroni qisqa muddatda yakunlay olishini aytgan. Ukraina prezidenti idorasi bu fikrga qarshi chiqib, Trampning rejalari reallikdan uzoq ekanligini bildirgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak Vashingtonga tashrifi chog‘ida jurnalistlarga Kiyev urushda “adolatli tinchlik”ga erishish bo‘yicha har qanday maslahatni tinglashini aytgan. Tahlilchilarga ko‘ra, bunday “adolatli tinchlik” Ukraina uchun faqat o‘z hududlarini qaytarib, urush uchun reparatsiya olgan taqdirdagina bo‘lishi mumkin.

Juda muhim mavzu va qadriyatlar borki, biz ular borasida hali murosaga yaqin emasmiz. Bu qadriyatlar mustaqillik, erkinlik, demokratiya, hududiy yaxlitlik va suverenitet kabi masalalardir", — degan Andrey Yermak.

Yermakning tashrifi kelasi hafta AQSH poytaxtida bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti oldidan tashkil etilgan. Rejalashtirilgan sammitda Ukraina asosiy muhokama mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy idorasi vakili: “Ukraina Rossiya bilan murosa qilishga hali tayyor emas”
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru