
Foto: Mash telegram-kanali
Moskvaning Danilov tumani High Life turarjoy majmuasi qurilishida baxtsiz hodisa yuz berdi. Qurilish krani kabinasida kranchi hushidan ketgan — kran to‘xtab qolgani sababini bilish uchun tepaga ko‘tarilgan hamkasbi uni shu alfozda uchratgan.
Kuchli shamol tufayli qutqaruvchilar kran kabinasiga chiqish uchun vaqt yo‘qotishdi. FVV xodimlari 32-qavat balandligiga ko‘tarilishganida, kranchining joni uzilgan edi, deya xabar berdi RЕN-TV.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, kuchli issiq tufayli kranchining yuragi to‘xtab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Rossiyaning bir qator hududlarida anomal jazirama hukm surmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.