
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden respublikachi nomzod Donald Tramp bilan debatlarda muvafaqqiyatsiz ishtirokini charchoq bilan izohladi va bahslashuvlar chog‘ida «uxlab qolishiga bir baxya qolgani»ni aytdi.
«Gap shundaki, meni u qadar aql-hushim joyida emasdi. Men debatlarlan oldin dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdim va 100 ga yaqin soat belbog‘larini kesib o‘tdim. Men o‘z yordamchilarimning gapiga quloq tutmadim, qaytib kelganimdan so‘ng sahnada uxlab qolay dedim», — deya Baydenning jurnalistlarga tushuntirishidan iqtibos keltirmoqda Reuters.
Uning tan olishicha, debatlar u uchun yaxshi yakunlanmagan va Bayden bundayn juda afsusda. Lekin, Bayden muvaffaqiyatsizlik uchun o‘zini oqlamayotganini ta’kidlagan.
Baydenning Tramp bilan dastlabki debatlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ikki nomzodning munozaralari chog‘ida Oq uyning amaldagi rahbari parishonxotir ko‘rinar, gaplarida tutilib qolib, aksariyat hollarda tushunarsiz gapirgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, debat yakunlari bo‘yicha amerikalik teletomoshabinlarning 67 foizi g‘alabani Trampga tortiq etishgan. Baydenning muvaffaqiyatsizligi AQSH demokratik partiyasi ichida «sarosima» keltirib chiqargan, hattoki uning prezidentlik kampaniyasi homiylarida Bayden Trampga qarshi turib bera oladimi, degan ikkilanish paydo bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing