11:13 / 04.07.2024
126

Germaniyada chap qo‘l bilan natsistcha salomlashish taqiqlandi

Germaniyada chap qo‘l bilan natsistcha salomlashish taqiqlandi
Foto: Depositphotos
Hamm shahridagi Shimoliy Reyn-Vestfaliya oliy hududiy sudi chap qo‘l bilan natsistcha salomlashishni taqiqladi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Germaniya Jinoyat kodeksi milliy sotsializm ramzlari, jumladan, natsistcha salomni ham taqiqlaydi. Adolf Gitler bunday salomlashishni o‘ng qo‘lini oldiga cho‘zgan holda berilgan.

2022 yilning kuzida G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining Myunsterdagi yig‘ilishi chog‘ida so‘l faollar norozilik namoyishi o‘tkazgan. Ularni Bremenning 51 yoshli fuqarosi kutib olganida, u faollar tomon chap qo‘l bilan natsistcha salom bergan. Shu tariqa u Gitlerday o‘ng qo‘l bilan salomlashishga qo‘yilgan taqiqni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan.

Erkak javobgarlikka tortilgan va unga 600 yevro jarima belgilangan. U bir necha bor apellyatsiya topshirgan. 3 iyul kuni sud natsistlarning chap qo‘l bilan salom berishini ham noqonuniy deb topgan. Erkakning hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada chap qo‘l bilan natsistcha salomlashish taqiqlandi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru