Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Ostona shahrida SHHT davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, tashkilot oldida turgan eng dolzarb vazifalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik
Prezidentning ta’kidlashicha, global darajada ishonch taqchilligi misli ko‘rilmagan darajaga chiqqan sharoitda umumiy xavfsizlikni ta’minlashda yangi yondashuvlarni izlash zarurati o‘sib bormoqda. Shu bois hozirgi paytda umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamjihatlik bo‘yicha biz ilgari surgan Samarqand tashabbusining ahamiyati har qachongidan ham dolzarbdir.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“SHHTning Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksi qabul qilinishi hozirgi yangi sharoitda muloqotni mustahkamlash va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkonini beradi, deb hisoblaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Iqtisodiy sohada hamkorlik bo‘yicha strategik yuksalishga erishish
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo davlatlar bilan savdo aylanmasi o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 20 foiz, joriy yil boshidan buyon esa yana 15 foizga o‘sdi. Shavkat Mirziyoyev SHHT doirasida savdo jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha bitimni ishlab chiqish vaqti keldi, deb hisoblaydi. Hujjatga savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, texnik reglamentlar va sertifikatlash, fitosanitariya va veterinariya nazorati tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni kiritish mumkin.
Bundan tashqari, transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha jahondagi tendensiyalarni hisobga olgan holda, ushbu sohada amaldagi raqamli savdo platformalari integratsiyasini ko‘zda tutuvchi hamkorlik dasturini tayyorlashni taklif etdi.
Sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash
“Eng avvalo, infratuzilma, sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taklif etamiz”, — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev bunda ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini puxta o‘ylab ko‘rish, SHHT Jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga qaytish muhimligini ta’kidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Inklyuziv transport tizimlarini shakllantirish
O‘zbekiston prezidentining qayd etishicha, “Sharq–G‘arb” va “Shimol–Janub” yo‘nalishlari bo‘yicha inklyuziv transport tizimlarini shakllantirish tashkilotga a’zo mamlakatlar iqtisodiy salohiyatini samarali rivojlantirish imkonini beradi.
“Alohida ta’kidlab aytaman: transport yo‘laklari ko‘p variantli bo‘lishi – bu butun mintaqamiz barqaror rivojlanishining eng muhim shartidir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, logistika jarayonlarini raqamlashtirish rejasini ishlab chiqish, shu jumladan, mamlakatlari chegaralari orqali o‘tadigan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarning elektron almashuvini tashkil etishni taklif qildi.
SHHT makonida zamonaviy va ishonchli energetika infratuzilmalarini kengaytirish
Prezident O‘zbekistonda “yashil” energetikani jadal rivojlantirish bo‘yicha katta dasturni qabul qilinganini ma’lum qildi. Yiliga ikki gigavatt quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirilayotganini, sanoat darajasida “yashil” vodorod ishlab chiqarish loyihasi ustida ish boshlanganini bildirdi.
Davlat rahbari qayta tiklanadigan energetikaga investitsiya va texnologiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlikning kompleks rejasini ishlab chiqishni taklif etdi.
Jadallashtirilgan raqamli transformatsiya
“Bizning fikrimizcha, raqamli iqtisodiyotga o‘tish, sun’iy intellektni, ilg‘or IT qarorlarni joriy etish mamlakatlarimiz raqobatbardoshligida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shu borada bilimlar, tajriba va eng yaxshi amaliyotlar almashuvi, IT parklarning tizimli hamkorligini rivojlantirish maqsadida SHHT kelajak texnologiyalari dasturini ishlab chiqish tarafdorimiz”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy rivojlanish va himoya sohasida SHHT mamlakatlari hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
“Ishonchim komilki, aholi hayot darajasini yuksaltirish va hududlarni, birinchi navbatda, qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni amalga oshirish 2030 yilgacha mo‘ljallangan eng muhim maqsadlarga erishish yo‘lida umumiy hissa bo‘ladi”, — dedi O‘zbekiston rahbari.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni yetkazib berish imkoniyatlari nomma-nom aks ettirilgan mamlakatlarning agrosanoat sohasidagi salohiyati haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradigan “SHHT oziq-ovqat xavfsizligi atlasi” qo‘shma elektron platformasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb topdi.
“Biz SHHT oilasi jipsligini kuchaytirishimiz, birgalikda rivojlanish tamoyilini hayotga izchil tatbiq etib, ochilayotgan yangi imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz zarur” — dedi Shavkat Mirziyoyev
Prezident hozirgi kunda SHHT hamjihatligi zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi