22:32 / 04.07.2024
436

Putin va Si Szinpin SHHT sammitida G‘arbga qarshi ittifoqni ilgari surdi

Putin va Si Szinpin SHHT sammitida G‘arbga qarshi ittifoqni ilgari surdi
Foto: AFP
Xitoy va Rossiya yetakchilari Markaziy Osiyodagi mintaqaviy sammitda o‘z ittifoqchilari va hamkorlarini zararli tashqi ta’sirlarga qarshi turishga chaqirib, G‘arbga qarshi umumiy kun tartibini ilgari surdi.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning xitoylik hamkasbi Si Szinpin Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga Moskva va Pekin AQSHning dunyodagi “gegemonligi”ga qarama-qarshilik sifatida baholanayotgan mintaqaviy ittifoq – Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) rahbarlarining uchrashuvi uchun tashrif buyurdi", — deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida Xitoy rahbari davlatlarni “tashqi aralashuvga qarshi turishga” chaqirgan, Putin esa siyosiy va iqtisodiy kuchning yangi markazlari kuchayib borayotganini ta’kidlagan.

"Biz tashqi aralashuvga qarshi turishimiz, bir-birimizni qat’iy qo‘llab-quvvatlashimiz, bir-birimizning muammolarimiz haqida qayg‘urish uchun birlashishimiz kerak", — deydi Si Szinpin sammitda.

Xitoy rahbari SHHT tarixning to‘g‘ri tomonida — adolat tarafda turishi butun dunyo uchun juda muhim ekanini qo‘shimcha qilgan.

Kreml e’lon qilgan qo‘shma deklaratsiyada guruh “global siyosatdagi tektonik siljishlar”ni qayd etib, blokni global va mintaqaviy xavfsizlikda faolroq rol o‘ynashga chaqirgan. Xususan, hujjatda Rossiya-Ukraina urushi yoki Xitoyning Tayvan bilan mojarosi tilga olinmagan, biroq guruh “davlatlar suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini o‘zaro hurmat qilishi” ta’kidlangan.

Shuningdek, Putin Rossiyaning yaqin ittifoqchisi Belarusning tashkilotga kirishini, uning o‘ninchi a’zosi bo‘lishini olqishlagan.

Yakuniy deklaratsiyada blok nomlari oshkor etilmagan davlatlar va mintaqaviy alyanslar tomonidan raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining bir tomonlama va cheklovsiz ishlab chiqarilishini tanqid qilgan — bu Moskva va Pekinning AQSHga qaratilgan umumiy shikoyatidir.

"4 iyul kungi sammitda SHHTning G‘arbga qarshi umumiy kun tartibi aniq namoyon bo‘ldi", — deya xulosa qilgan AFP nashri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Si Szinpin SHHT sammitida G‘arbga qarshi ittifoqni ilgari surdi