15:36 / 07.07.2024
151

Bayden Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatidan so‘ng ilk intervyusini berdi

Bayden Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatidan so‘ng ilk intervyusini berdi
Skrinshot ABS news
AQSH prezidentidan ABC News boshlovchisi Jorj Stefanopulos intervyu olgan. Unda Bayden o‘zining muvaffaqiyatsiz chiqishini shamollash bilan tushuntirgan va uni saylovdan chiqishga faqat «qodir xudo» majbur qila olishini aytgan.

Intervyu avvalida jurnalist debatdan so‘ng «millionlab amerikaliklarning xayolida charx urayotgan» bo‘lishi ehtimoli katta bo‘lgan va Baydenning salomatligi bilan bog‘liq savolni bergan: «Bu nima edi, yomonroq epizodmi yoki jiddiyroq kasallik alomatlari?».

Bunga javoban amaldagi prezident juda toliqqani va kuchli shamollash tufayli dam olish kunlari tiklana olmaganini aytgan.

«Bu omadsiz kecha edi, Trampning to‘xtovsiz gapirishlari meni muvozanatdan chiqardi», degan Bayden va debatga tayyorgarlik uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

Yana bir muddat mamlakatni boshqarish uchun aqliy va jismoniy qobiliyatlari yetarlimi, deb berilgan savolga javoban Bayden aks holda nomzodini ilgari surmagan bo‘lishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u poygada yana ishtirok etayotganiga sabab «mamlakatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishni hammadan yaxshiroq tushunaman», deb hisoblaydi.

AQSH yetakchisi o‘zini «Putinni to‘xtatgan» va «NATOni bir mushtga birlashtirgan» «o‘sha yigit» deb hisoblaydi. Baydenning o‘zi har kuni to‘liq nevrologik test topiradi, umuman, u o‘zi amalga oshirayotgan ishlarning barchasini test deb hisoblaydi. U maxsus tekshiruvdan o‘tmagan va o‘tishni ham istamaydi.

Yetakchi demokratlar Nensi Pelosi, Chak Shummer va boshqalar unga poygadan chiqishni so‘rab murojaat qilishi mumkinligi to‘g‘risidagi «faraziy vaziyat»ni sharhlar ekan, Bayden ular hech qachon bunday qilishmasligini ta’kidlagan.

«Agar qodir xudo osmondan tushib, «Jo, sen poygadan chiqishing kerak», desa, ehtimol men saylovni tark etarman, lekin qodir xudo tushmaydi», — deb hazillashgan u.

2024 yilgi saylovlar 2020 yilgisidan murakkabroqmi deya berilgan savolga Bayden «yo‘q» deb javob bergan: «Qachonki senga patalogik yolg‘onchi raqib bo‘lib turganda buning murakkablik joyi yo‘q». Jurnalist Baydenning reytingi 36 foizga tushib ketgani va bunchalik past reyting bilan hech kim qayta saylana olmaganini eslatgan. «Bu bizning so‘rovnomalar ko‘rsatayotgan raqamlar emas», — degan Bayden va bunday so‘rovnomalarning aniqligiga ishonmasligini ta’kidlagan.

Bayden intervyu davomida debatdagidan ko‘ra ishonchliroq chiqish qilgan, garchi u takrorlar va yanglishishlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da. Biroq o‘z tanqidchilarini saylovoldi kampaniyasiga dosh berishi va yana to‘rt yil prezidentlik muddatini o‘ta olishiga uzil-kesil ishontira olmagan, deb yozadi Washington Post. Uning saylovlarga nisbatan «namoyishkorona pozitsiyasi» esa demokratlarni yanada tashvishlantirishi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatidan so‘ng ilk intervyusini berdi
ePN