18:58 / 08.07.2024
560

Xitoy «tinchlik uchun tahdid manbai» bo‘lgan tashkilotni aytdi

Xitoy «tinchlik uchun tahdid manbai» bo‘lgan tashkilotni aytdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jian NATOning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash rejalariga izoh berdi. Departament vakili alyansni global tinchlik uchun tahdid manbai deb atagan.

«Sovuq urush mahsuli va dunyodagi eng yirik harbiy ittifoq bo‘lgan NATO, bir tomondan o‘zini mintaqaviy mudofaa tashkiloti deb atasa, ikkinchi tomondan, o‘z vakolatlarini doimiy ravishda kengaytirib, mudofaa sohasidan tashqariga chiqib, qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi, bu esa o‘z kuchini ko‘rsatadi», dedi Lin Jian brifingda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, NATO mudofaa ittifoqi sifatidagi roliga sodiq qolishi va mintaqada keskinlik yaratishni bas qilishi kerak.

Iyun oyi boshida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg blok Xitoyga bosimni kuchaytirish maqsadida Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida ekanini aytdi.

Bugun, 8 iyul kuni janob Stoltenberg Xitoyni «Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasining asosiy tashkilotchisi» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukraina bilan mojarodagi g‘alabasi Si Szinpinga «jasorat baxsh etadi» va Osiyoda jangovar harakatlar boshlanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy «tinchlik uchun tahdid manbai» bo‘lgan tashkilotni aytdi
ePN