
Foto: lest-eclair
Fransiyaning Kulons shahri meri Daniel Marrer rasman yomg‘irni to‘xtatishni buyurdi. Hudud rahbari tegishli farmon chiqardi, deya Le Figaro nashri xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 15 iyuldan boshlab yomg‘ir to‘xtatilishi shart. Oktyabr oyining oxirigacha yog‘ingarchilik o‘rniga shaharda yengil shamollar bilan quyoshli ob-havo bo‘lishi kerak.
Farmonni amalga oshirish uchun Fransiyaning shimoliy qismidagi ruhoniylar va cherkovlar rektorlari mas’uldirlar. Shahar hokimi ularga hujjat mazmunini ob-havo yaxshi bo‘lishini ta’minlay oladigan “yuqori kuchlar”ga yetkazishni topshirdi, deyiladi xabarda.
Fransuz meri noodatiy farmon chiqarish qarorini uzoq davom etgan noqulay ob-havo sharoitida shahar aholisining kayfiyatini ko‘tarish istagi bilan izohlagan.
Men o‘zimga hozir odamlarga tabassum hadya qilishning ayni vaqti, deb aytdim, deydi Marrer. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar