00:11 / 14.07.2024
102

Ilon Mask Trampni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armaga katta miqdorda xayriya qildi

Ilon Mask Trampni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armaga katta miqdorda xayriya qildi
Foto: Google Images
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Amerika PAC siyosiy faollik qo‘mitasiga pul xayriya qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalarga tayanib. Agentlikning ta’kidlashicha, qo‘mita “Donald Trampni prezidentlikka saylash ustida ishlamoqda”.

Xayriyaning aniq miqdori aytilmagan, ammo Bloomberg suhbatdoshlari buni muhim deb atadi. Bu Tramp mablag‘ yig‘ish bo‘yicha raqibi, amaldagi prezident Jo Baydenni ortda qoldirgan paytga to‘g‘ri keldi.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Ilon Mask hali hech qaysi nomzodni ochiq qo‘llab-quvvatlamagan. Bundan tashqari, u ilgari ikkala kampaniyani ham moliyalashtirish rejasi yo‘qligini aytgan.

Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasidagi birinchi debat iyun oyida bo‘lib o‘tdi. Debatni tashkil qilgan CNN so‘roviga ko‘ra, tomoshabinlarning 67 foizi Trampni g‘olib deb bilishgan. Shundan so‘ng bir qator Amerika ommaviy axborot vositalari, hukumat amaldorlari va Demokratik partiya tarafdorlari amaldagi prezidentdan saylovoldi poygasidan chiqishni so‘rashdi, biroq uning oilasi buning aksini ta’kidlamoqda.

AQSHda saylovlar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Trampni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armaga katta miqdorda xayriya qildi