11:46 / 15.07.2024
69

FTB: Trampga o‘q uzgan shaxs yolg‘iz o‘zi harakat qilgan

FTB: Trampga o‘q uzgan shaxs yolg‘iz o‘zi harakat qilgan
Foto: Brendan McDermid / Reuters
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga o‘q uzilishi qotillikka urinish sifatida tekshirilmoqda, biroq ayni paytda ichki terrorchilikning potensial akti sifatida ham ko‘rilmoqda, deya ma’lum qildi 14 iyul, yakshanba kuni Federal tergov byurosi (FTB) direktorining aksilterror bo‘yicha o‘rinbosari Robert Uells.

Otishma qonuniy ravishda sotib olingan yarim avtomatik AR tipidagi miltiqdan amalga oshirildi. Federal tergov byurosi Trampni otgan 20 yoshli Tomas Metyu Kruksning yolg‘iz o‘zi harakat qilganini va uning sabablari noaniqligicha qolayotganini ta’kidladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Kruksning kelib chiqishi, kundalik faoliyati va ijtimoiy tarmoqlarini o‘rganmoqda, biroq hozircha «tahdid qiluvchi hech narsani sezmagan», dedi FTB direktori o‘rinbosari Pol Ebbeyt. Xizmat, shuningdek, Kruksning mobil telefoniga kirishga harakat qilmoqda.

Ebbeytning aytishicha, otishmadan keyin «onlayn zo‘ravonlik tahdidlari bilan bog‘liq ritorika ko‘paygan». Uning so‘zlariga ko‘ra, internetda otishma uyushtirgan shaxsga taqlid qilayotgan yoki o‘zini ko‘rsatishga urinayotganlar paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » FTB: Trampga o‘q uzgan shaxs yolg‘iz o‘zi harakat qilgan