15:51 / 15.07.2024
147

Tramp o‘ziga uyushtirilgan qotillik haqida: “Meni yo omad qutqarib qoldi yoki xudo”

Tramp o‘ziga uyushtirilgan qotillik haqida: “Meni yo omad qutqarib qoldi yoki xudo”
Foto: Getty Images
AQSH prezidentligiga nomzod uni muqarrar o‘limdan faqat baxtli tasodif qutqarib qolganini aytgan. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Suiqasddan so‘ng Donald Tramp o‘ziga nisbatan uyushtirilgan qotillik haqida munosabat bildirgan. Bir qancha AQSH nashrlariga ham intervyu bergan.

Tramp suiqasddan faqat mo‘jiza tufayli omon qolganini bildirgan. Aks holda uni o‘sha o‘qdan hech bir vosita saqlab qola olmasligini aytgan.

Eng hayratlanarlisi, men boshimni kerakli paytda bura olganim; o‘z paytida o‘q yo‘nalishidan teskari tomonga yuz o‘girganim. Aks holda hozir men bu yerda bo‘lmasligim aniq edi”, degan AQSH prezidentligiga nomzod Tramp.

Sobiq prezident unga o‘q uzilganini anglab yetganda ichidan o‘tgan fikrlari, sarosimaga tushgan olomonning unga munosabati haqida so‘zlab bergan.

O‘sha paytda u yerdagi odamlardan menga bir quvvat kelayotganini sezdim. Ular shunchaki o‘z joylarida turishgan edi. Ammo bunda men ularning qo‘llab-quvvatlovini sezdim. Bu tuyg‘uni tasvirlash qiyin.

Yuz bergan hodisaga faqatgina tarix hukm qilishini bilardim. Insonlarga ahvolim yaxshi ekanligini aytishim kerakligini bilardim. Qo‘limni ko‘tardim va hammasi joyida ekanini ko‘rsatdim
”, degan Tramp Washington Examiner nashriga bergan intervyusida.

Viskonsin shtatining Miluoki shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublikachilar milliy yig‘ilishiga borish uchun tayyorlanar ekan, Tramp endilikda unda mamlakatni birlashtirish imkoniyati mavjud ekanligini aytgan. Yuz bergan suiqasd Trampning saylov dasturiga va uning kelgusidagi rejalariga ham ta’sir etishi xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o‘ziga uyushtirilgan qotillik haqida: “Meni yo omad qutqarib qoldi yoki xudo”