15:56 / 15.07.2024
249

Astronomlar yashash uchun yaroqli sayyorani aniqladi

Astronomlar yashash uchun yaroqli sayyorani aniqladi
Foto: EurekAlert
Monreal universitetining bir guruh astronomlari LHS 1140 b ekzosayyorasi yashash uchun yaroqli muz yoki suv dunyosiga ega ekanini aniqladi. Bu haqda The Astrophysical Journal Letters jurnalida xabar berildi.

Kuzatuvlar Jeyms Uebb kosmik teleskopi (JWST), shuningdek, Spitzer, Hubble va TЕSS teleskoplari yordamida amalga oshirildi. Toshli sayyoralarda atmosferani aniqlash JWST'ning asosiy maqsadi hisoblanadi, ammo bu signallarni aniqlash gigant sayyoralarga qaraganda ancha qiyinroq kechadi.

Yerdan taxminan 48 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan LHS 1140 b ekzosayyorasi, ehtimol, mini-Neptun emas, balki potensial atmosfera va suyuq suv okeaniga ega bo‘lgan supererdir.

JWST ma’lumotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ekzosayyora Yerdagidek azotga boy atmosferaga ega bo‘lishi mumkin. Bu holda LHS 1140 b massasining 10 dan 20 foizigacha suvdan iborat bo‘ladi. Bu uni suv dunyosiga, potensial suyuq okeanga ega muz sayyorasiga nomzod qiladi.

Qo‘shimcha kuzatuvlar azot gazining signaturalarini tasdiqlash uchun zarur, ammo hozirning o‘zidayoq LHS 1140 b toshli sayyora uchun kutilganidan kamroq zichlikka ega deb taxmin qilinmoqda. Bu esa sayyorada suv mavjudligining yuqori ehtimolini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Astronomlar yashash uchun yaroqli sayyorani aniqladi