09:00 / 16.07.2024
196

Tramp suiqasddan keyin ilk bor ommaga ko‘rinish berdi (video)

Tramp suiqasddan keyin ilk bor ommaga ko‘rinish berdi (video)
Foto: AFP
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp suiqasddan keyin ilk bor qulog‘i bog‘langan holda omma oldida chiqish qildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Tramp Viskonsin shtatining Miluoki shahrida bo‘lib o‘tgan Respublikachilar partiyasining milliy qurultoyiga kelgan. Qurultoyda hozir bo‘lganlar siyosatchi sahnaga chiqishi paytida “AQSH” va “Kurash, kurash, kurash!” deb baqirgan. Aynan shu shiorlarni Tramp suiqasdga uchrashidan keyin qo‘lini musht qilgan holda aytgandi.

Siyosatchini qurultoyda “Amerika Qo‘shma Shtatlarining navbatdagi prezidenti” sifatida tanishtirishgan va respublikachilar uni rasman prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan.

Tramp esa vitse-prezident lavozimiga nomzodi — senator Jeyms Devid Vensni ilgari surgan. Respublikachilar partiyasining qurultoyi 15—18 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Donald Trampga suiqasd

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 14 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahridagi saylovoldi mitingi paytida yaralangan edi. Hodisa aks etgan videoda uning chiqishi chog‘ida o‘q ovoziga o‘xshash tovushlar eshitilgan. Shundan so‘ng Tramp qulog‘ini ushlab yotib olgan. Qo‘riqchilar shu zahoti Trampni o‘rab olgan. Prezidentlikka nomzod o‘rnidan turganida qulog‘idan qon oqayotganini ko‘rish mumkin. Maxsus xizmat agentlari uni qurshab olib, ko‘tarilishga yordam bergan va sahnadan olib ketgan.

Bu hodisa qotillikka urinish sifatida baholanmoqda. O‘q uzgan shaxs maxsus xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.

Ayni paytda siyosatchining ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden Trampning xavfsizlikda ekanini hamda o‘zini yaxshi his qilayotganini eshitganidan xursandligini bildirgan. Har ikki yirik partiyaning amerikalik siyosatchilari Trampni qo‘llab-quvvatlovchi va siyosiy zo‘ravonlikni qoralovchi bayonotlar bilan chiqmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp suiqasddan keyin ilk bor ommaga ko‘rinish berdi (video)